SportUz.Tv

"Uni nafaqaga kuzataman" - Peddi Pimblett Topuriya bilan jang qilishni istamoqda

17.11.2026 18:48    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Peddi Pimblett keyingi jangini Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazishni xohlamoqda.

"Hozir divizionda vaziyat ancha chalkash. CHempionlik kamari yanvar oyida meni mag'lub etgan Jastinda. Ammo uning keyin nima qilmoqchi ekanini hech kim bilmaydi: jang qilishda davom etadimi yoki faoliyatini yakunlaydimi? Uning kelajagi oydinlashishini kutishimiz kerak.

Hamma mening u bilan jangimni ko'rishni istaydi. SHuningdek, Iliya bilan ham mamnuniyat bilan jang qilgan bo'lardim. Qolaversa, uni mamnuniyat bilan nafaqaga kuzataman», — dedi Pimblett.

Avvalroq Topuriya keyingi jangini 2027 yilning birinchi yarmida o'tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: