SportUz.Tv

Olti oy o'rniga olti kun! Nurmagomedovlarni qamoqdan Xabib qutqarib qoldimi?

17.11.2026 14:48    


Rasmni yuklab olish

Abu-Dabidagi ommaviy mushtlashuv ortidan qamoq jazosiga hukm qilingan PFL chempioni Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlari ozodlikka chiqarildi.

Bu qaror qabul qilinishida Xabib Nurmagomedovning ham hissasi borligi aytilmoqda.

17 noyabr kuni Abu-Dabi sudi Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlarini ozodlikka chiqarish haqida qaror qabul qildi. SHu tariqa, olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan sportchilar olti kunga ham etmay ozodlikka chiqishdi.

Sud qaroriga ko'ra, mahkumlarga tayinlangan moliyaviy jarimalar ham ikki baravarga kamaytirildi. Avvaliga har bir sportchi 300 ming dirham (taxminan 81,7 ming dollar) jarima to'lashi kerak edi. Endi esa ushbu summa 150 ming dirhamga (taxminan 40,8 ming dollar) tushirildi.

Malumotlarga ko'ra, bunday qaror qabul qilinishiga mojaro ishtirokchilarining o'zaro yarashgani, jabrlanuvchilarning murojaati va mahkumlar tomonidan berilgan apellyaciya sabab bo'lgan. 


Xabib Nurmagomedov vaziyatga aralashganmi?

Usman Nurmagomedovning ozodlikka chiqishida UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkin.

Rossiya OAV tarqatgan malumotlarga ko'ra, Xabib yaqin qarindoshi va uning jamoadoshlarini ozod qilish masalasida BAA rasmiylari bilan muzokara o'tkazish uchun shaxsan Amirliklarga borgan.

Dastlab Usmanning atrofidagilar muammoni mustaqil hal qilishga uringan. Keyinchalik Xabibdan yordam so'ralgan. Xabarlarga ko'ra, u UFC rahbari Dana Uayt va amerikalik hamkorlari orqali vaziyatga echim topishga harakat qilgan, biroq bu urinishlar natija bermagan.

SHundan so'ng Xabibning o'zi BAAga borib, mahalliy rasmiylar bilan muzokaralar o'tkazgani aytilmoqda.

Qizig'i, Usmanning ozodlikka chiqishi arafasida Xabib Nurmagomedov BAAda ko'rinish berdi. Saygid Izagaxmaev ijtimoiy tarmoqlarda elon qilgan videoda UFC afsonasining kayfiyati alo ekanini ko'rish mumkin.

Biroq Xabibning ozodlikka chiqarish qaroriga bevosita tasir ko'rsatgani hozircha rasman tasdiqlanmagan. 

Merab Dvalishvili ham ularni ozod qilishni so'ragan

Mojaroning ikkinchi tomonida bo'lgan UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili ham Usman Nurmagomedov va uning sheriklarini ozod qilish tarafdori bo'lgan.

Gruziyalik sportchi RAF turniridagi chiqishidan keyin BAA rasmiylariga murojaat qilib, qamoqqa olingan jangchilarga nisbatan engillik berilishini so'ragan.

Dvalishvili ularga nisbatan shaxsiy davosi yo'qligini takidlagan va barcha ishtirokchilarning ozodlikka chiqishini xohlashini bildirgan.

SHu tariqa, Merabning murojaati ham sud qaroriga tasir ko'rsatgan omillardan biri sifatida tilga olinmoqda. 


Bu voqea Nurmagomedovlarning faoliyatiga qanday tasir qiladi?

Mazkur mojaro Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlarining obro'siga muayyan darajada putur etkazdi. Sport jamoatchiligi va ayrim mutaxassislar ularning oktagondan tashqaridagi harakatlarini keskin tanqid qilishdi.

SHunga qaramay, ushbu voqea sportchilarning professional faoliyatiga jiddiy to'siq bo'lmasligi mumkin.

Xususan, PFL chempioni Usman Nurmagomedovning UFC'ga o'tishi ehtimoli avvaldan muhokama qilinayotgan edi. Uning Iliya Topuriya bilan ehtimoliy to'qnashuvi ham MMA muxlislarida katta qiziqish uyg'otmoqda.

Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekovning UFC'dagi faoliyati ham davom etishi kutilmoqda. Hozircha promoushen tomonidan ularga nisbatan qo'shimcha intizomiy choralar elon qilinmagan.

Mojaro Merab Dvalishvilining do'sti Saba Lazishviliga esa katta mashhurlik olib keldi. Ilgari keng ommaga unchalik tanish bo'lmagan yosh sportchining ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni keskin oshdi va unga turli promoushenlar qiziqish bildira boshladi.

Abu-Dabida nima bo'lgan edi?

Eslatib o'tamiz, 11 noyabr kuni Abu-Dabidagi mehmonxonalardan birida Usman Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o'rtasida janjal kelib chiqqandi.

Dvalishvili intervyu berayotgan vaqtda Usman uning yoniga kelib, yuziga tarsaki tushirgan. SHundan so'ng ikki tomon vakillari o'rtasida ommaviy mushtlashuv boshlangan.

Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari voqea ishtirokchilarini qo'lga olgan. 13 noyabr kuni sud bir qator ishtirokchilarni olti oylik qamoq jazosi va yirik jarimalarga hukm qilgandi.

Endilikda esa sud jazoni engillashtirib, Nurmagomedov va uning jamoadoshlarini ozodlikka chiqardi. 


Manba: «CHempionat», Abu-Dabi sud departamenti malumotlari



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: