SportUz.Tv

"Uchrashib, hammasini muhokama qilishimiz mumkin". Merab Dvalishvili Islam Maxachevga murojaat qildi

17.11.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

Merab Dvalishvili Umar va Usman Nurmagomedovlar bilan yuzaga kelgan mojaroni muhokama qilish uchun Islam Maxachev bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.

"Islam, agar gaplashmoqchi bo'lsang, mening oldimga kelishing mumkin yoki men sening oldingga borishim mumkin. Barcha aka-ukalaring bilan uchrashib, hammasini xotirjam muhokama qilishimiz mumkin. Men 100 foiz haqman. Aynan shuning uchun Ahmad [Gadjimagomedov] bilan qo'l berib ko'rishdik va bu masalaga nuqta qo'ydik. Janjalni davom ettirishdan hech qanday mano yo'q edi.

Ammo Umar va Usmanning bu vaziyatda o'zini tutishi mutlaqo bemanilik bo'ldi. SHuning uchun ularning ikkalasi ham mening hurmatimni yo'qotdi va ikkalasi ham qo'rqoq ekanini ko'rsatdi", — dedi Merab.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: