SportUz.Tv

Aslamjon Ortiqov chempionlik revanshi oldidan o'tgan jangdagi xatosini esladi

17.11.2026 15:48    


Rasmni yuklab olish

Muay-taychimiz Aslamjon Ortiqov bo'lajak jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Hamyurtimiz 26 iyun kuni o'ta engil vazn toifasida muay-tay yo'nalishi bo'yicha ONE FC'ning amaldagi chempioni, rossiyalik Asadulla Imangazaliev bilan to'qnash kelib, imkoniyatni boy bergandi. Sportchilar o'rtasidagi ikkinchi jang 20 noyabr kuni o'tkaziladi. 

"O'tgan jangda, ayniqsa beshinchi raundda etarlicha faollik ko'rsatmadim va kam zarba berdim. G'alabani qo'lga kiritishimga haddan ortiq ishonib qolganim bois, oxirida biroz bo'shashdim. Bu gal o'sha xatoni takrorlamaslikka qatiy ahd qilganman", deya jang oldidan fikr bildirdi Ortiqov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: