SportUz.Tv

Merab Dvalishvili: Usman va Umar erkak emas

17.11.2026 16:21    


Rasmni yuklab olish

Gruziyalik UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi munozaralarga to'xtalib, aka-uka Nurmagomedovlar bilan endi qo'l berib ko'rishmasligini aytdi.

«Usman va Umar erkak emas. Ular Dog'iston va musulmonlarning yomon vakillari. Ulardan boshqa dog'istonliklar bilan hech qachon muammom bo'lmagan. Umar — pastkash. U erkak emas. Usmanning guruhi menga hujum qilib, meni erga yiqitganida, menda jarohat yo'q edi. Jarohatlar keyinroq paydo bo'ldi… Umar esa keyinroq keldi. Eng ko'p undan hafsalam pir bo'ldi. Agar ular bu masalani yopishni taklif qilishsa, men ular bilan qo'l berib ko'rishmayman. Men faqat haqiqiy erkaklarga qo'l beraman», deydi Dvalishvili.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: