SportUz.Tv

"Men Umar va Usmanning katta muxlisi edim..." - Saba Lazishvili

17.11.2026 18:21    


Rasmni yuklab olish

Merab Dvalishvili bilan birga Usman Nurmagomedov va uning jamoasi ishtirokidagi janjalda qatnashgan gruziyalik kurashchi Saba Lazishvili avvallari Nurmagomedovlar aka-ukalarining muxlisi bo'lganini malum qildi.

"Bu to'qnashuv vaqtida videoda aks etmagan ayrim voqealar ham sodir bo'ldi. Hozir esa bu haqda gapirishni istamayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, bu yigitlardan bunday qo'rqoqlikni kutmagandim. Men ularning muxlisi edim. Ularning ajoyib sportchilar va iqtidorli insonlar ekanini bilaman, ammo qanday qilib bunday yo'l tutishganiga tushuna olmayapman. 

Men shunchaki telefonimni ko'rib o'tirgandim va Usmanning kelib, Merabning yuziga tarsaki tushirganini hatto sezmay qoldim. Bu Usmanni shaxsan birinchi marta ko'rishim edi. Men uning katta muxlisi bo'lganman. Doim uni qo'llab-quvvatlaganman va janglarini tomosha qilganman. Uning o'zini bunday tutishi men uchun mutlaqo kutilmagan holat bo'ldi. Hatto Merab ham yuzida tabassum bilan ortiga o'girildi. U o'zini nima kutayotganini xayoliga ham keltirmagandi.

Men o'z o'rnimda boshqa har qanday gruzin erkagi qilmaydigan ishni qildim, deb o'ylamayman. Har bir inson ham shunday yo'l tutishi kerak. Biz birodarlarimizni doimo, so'nggi nafasimizgacha himoya qilamiz. Men shunchaki adrenalin tasirida edim. Sodir bo'layotgan voqealar haqida unchalik o'ylab o'tirmadim. O'sha paytda to'g'ri deb hisoblagan ishimni qildim", — dedi Lazishvili.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: