SportUz.Tv

Alves "Barselona" tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi. U qachon tanishtirilishi ham malum

15.11.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

Himoyachi Dani Alves "Barselona"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

38 yoshli braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qaytganidan so'ng ilk mashg'ulotini 15 noyabr kuni o'tkazadi.

Himoyachining taqdimoti 17 noyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

"Ko'k-anorranglilar" 12 noyabr kuni Alves bilan shartnoma imzolanishini elon qildi. Eslatib o'tamiz, u 2008-2016 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan va 23ta sovrin yutgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: