SportUz.Tv

Xamza SHiraz WBO chempionlik kamaridan voz kechdi

22.09.2026 16:45    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik bokschi Xamza SHiraz WBO chempionlik unvonidan ixtiyoriy ravishda voz kechib, qozog'istonlik Janibek Alimxanuliga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazmaslikka qaror qildi.

Jahon boks tashkiloti (WBO) rasman britaniyalik bokschi Xamza SHiraz ikkinchi o'rta vazn toifasidagi jahon chempioni vakolatlaridan voz kechganini malum qildi.

Queensberry Promotions promouterlik kompaniyasi WBO rahbariyatini SHirazning qozog'istonlik bokschi Janibek Alimxanuliga qarshi chempionlik unvonini majburiy himoya qilishdan voz kechish haqidagi qarori to'g'risida xabardor qildi. Alimxanuli mazkur chempionlik kamarining rasmiy davogari edi.

SHu tariqa, Janibek Alimxanuli WBO’ning to'laqonli chempionlik kamari uchun kurashda o'z mavqeini yanada mustahkamladi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli SHiraz may oyida Alem Begichni mag'lub etgan holda ushbu yo'nalish chempioniga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: