SportUz.Tv

Ronaldu Lebron va Bredi bilan taqqoslashlari haqida: "Hech qaysi sportda futbolchalik yuklamalar yo'q"

14.01.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

MYU futbolchisi Krishtianu Ronaldu amerika futbolidagi Tom Bredi va basketbolchi Lebron Jeyms bilan taqqoslashlari haqidagi savolga javob berdi.

"O'ylaymanki, sport turlari haqida farq borligini alohida qayd etish kerak. Siz uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan yorqin sportchilar bilan taqqosladingiz. 

Ammo, fikrimcha hech qaysi sportda futbolchalik yuklamalar yo'q. Masalan, NBAda uzoq vaqtlik dam olish bor. Lekin bu mavzuda uzoq bahslashmoqchi emasman", - dedi portugaliyalik futbolchi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: