
Germaniyalik murabbiy avvalroq "Tottenxem"ning o'yin uslubi yoqmasligi haqida gapirgandi. Konte esa bunga o'z munosabatini bildirdi.
"Albatta agar g'alabaga loyiq jamoa bo'lganida bu "Tottenxem" bo'lardi, "Liverpul" emas. Bu o'yinda Klopp bir ochko ishladi, ikki ochko yo'qotgani yo'q. Yurgen aqlli, u o'yindan so'ng hafa edi. Biz kabi top-murabbiylar uchun o'z jamoamiz qiziq bo'lishi kerak, raqiblar emas.
Raqiblarga etibor qaratish, siz bahona topishga urinayotganingizni bildiradi. Bu esa sizning ishingizda barchasi joyida bo'lmaganidan darakdir", - dedi Konte.
"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda