
"Bugungi kunda kamdan kam klublar Emiliano kabi darvozabonni qo'lga kiritishga qodir, ammo A Seriya – nega endi yo'q? Martines o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi, u CHempionlar Ligasi uchun kurashmoqchi", – dedi Goni.
30 yoshli Martines 2020 yil sentyabridan buyon "Aston Villa" safida to'p tepadi va joriy mavsum chempionatda 24 ta o'yinda 27 ta gol o'tkazib yubordi va 8 ta o'yinda maydonga tushmadi.
2022 yilgi Jahon chempionatida futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. U jamoaning musobaqadagi barcha 7 ta uchrashuvida qatnashib, 8 ta gol o'tkazib yubordi va 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Martines Qatardagi mundialning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Transfermarkt.com portali darvozabonning narxini 25 million evroga baholamoqda.
Karlos Prates UFC 334 turnirida Maxachev bilan jang qilmoqchi ekanligiga ishora qildi