SportUz.Tv

"Barselona" futbol olamidagi nufuzini qaytaradi" - Laporta

23.12.2022 17:23    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub qiyin iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilayotgani haqida gapirdi.

"G'aznachilik juda og'ir ahvolda edi. Qarzni restrukturizaciya qilish uchun 600 million so'rashga majbur bo'ldik. Endi bizning qarzlarimiz nazorat ostida, kapital esa foydada, bu juda muhim. Biz ish haqi miqdorini to'g'rilaymiz. To'g'ri yo'ldamiz.

Yozda faollashtirilgan richag bizga yanada raqobatbardosh jamoa tuzishga yordam berdi. Biz futbol olamidagi obro' va nufuzimizni tiklayapmiz. Superliga borasida juda aniq poziciyamiz bor. Biz to'g'ri yo'ldamiz, lekin qilishimiz kerak bo'lgan hamma narsani qilganimiz yo'q", – dedi Laporta.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: