SportUz.Tv

Anchelotti g'alabadan so'ng: "Real" o'z darajasini ko'rsata olmadi"

12.01.2023 12:23    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Ushbu uchrashuvda "Real" penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi. 

"Bu oqshom qiyin o'tdi. Ularning golidan keyin barchasi qiyinlashib ketdi. Ammo bu klubning ajoyib hislati bor: "Oxirigacha, olg'a, "Real"! Biz finaldamiz. U erga faqat g'alaba qozonganlar chiqa oladi. 

Birinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. Ammo ikkinchi taymda darajani tushirib yubordik. Biz zo'rg'a vaziyatlar yaratdik, qo'shimcha vaqtda ham gol urishimiz mumkin edi. SHunisi aniqki, biz o'z darajamizni ko'rsata olmadik. Ammo natijaga erishdik", - dedi Anchelotti. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: