SportUz.Tv

Kurtua jarohati sabab klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmaydi

06.02.2023 15:23    


Rasmni yuklab olish

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashmaydi, deya xabar berdi "Marca".

Belgiyalik futbolchi La Liganing 20-turidan o'rin olgan "Malorka"ga (0:1) qarshi o'yin oldidan chigilyozdi mashg'ulotlar paytida mushagidan jarohat oldi.

"Real" hali futbolchining tekshiruv natijalarini elon qiladi, ammo OAVning takidlashicha, Kurtua agar jamoa bilan KJCH uchun Marokashga uchib ketsa, bu faqat muxlis sifatida bo'ladi.

Madridning "Real" klubi 8 fevral kuni klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida Misrning "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim final juftligini "Flamengo" (Braziliya) va "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) tashkil qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: