SportUz.Tv

"Nijniy Novgorod" Ruslan Jiyanov transferini elon qildi

10.02.2023 18:00    


Rasmni yuklab olish

"Nijniy Nogorod"dagi yurtdoshlarimiz soni 2 nafarga etadigan bo'ldi.

Rossiya klubi "Olimpik" hujumchisi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. 

SHartnoma shartlaridan biri Ruslan Jiyanovning "Olimpik" uchun ustuvor yo'nalish hisoblangan Osiyo Kubogi saralash musobaqasi, Osiyo va Olimpiya o'yinlariga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko'rishi uchun mavsum oxirigacha ijara asosida O'zbekistonga qaytishi edi. Avvalroq bu haqda malumot bergan edik.

Ruslan Jiyanov o'tgan mavsum Superligada 25 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan edi.

Malumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev aynan "Nijniy Novgorod"da to'p tepadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: