SportUz.Tv

IFFHS talqini bo'yicha eng yaxshi hakamlar reytingi elon qilindi. Ermatov Top-25'da

08.03.2023 12:46    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS ) hakamlar reytingini tuzib chiqdi.

Ro'yxati nashrning 1987-2022 yillarda elon qilgan reytinglari asosida tuzildi. Ular quyidagi baholangan: yil hakami deb topilgan arbitrlarga 20 ball, 2-o'rindagilar 19 ball, 3-o'rindagilar 18 ball va h.k.

JCHda eng ko'p o'yinlarni boshqargan Ravshan Ermatov 81 ball bilan 25 o'rindan joy oldi. U vengriyalik Viktor Kashshai bilan bir pog'onada qayd etilgan.

Umumiy reytingda esa italiyalik afsonaviy referi Perluiji Kollina peshqadamga aylandi.

Top-10 quyidagicha:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: