SportUz.Tv

PSJ bilan o'yinda assist qayd etgan futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinadi

04.04.2023 20:46    


Rasmni yuklab olish

Franciyaning "Lion" klubi yosh futbolchi Sael Kenbedini yangi bitim bilan siylaydi.

Yakshanba oqshomida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi o'yinda kiritilgan yagona to'pga hammualliflik qilgan 18 yoshli futbolchi yangi shartnoma taklifi bilan taqdirlanadi.

Himoya chizig'i vakili Liga 1`ning ko'pgina uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiqligini isbotladi va rahbarlarni mamnun qiladigan o'yin namoyish etdi.

Yozda Malo Gyusto "CHelsi"ga yo'l olishini inobatga oladigan bo'lsak, "Lion" allaqachon uning o'rnini bosish uchun Franciya yoshlar terma jamoasi vakilini topib qo'ygan ko'rinadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: