SportUz.Tv

Saudiya Arabistoni hazillashmayapti - Messidan keyingi ikki maqsad ham aniq

04.05.2023 17:46    


Rasmni yuklab olish

SHayxlar La Ligaga o'zgacha mehr qo'ygan ko'rinadi.

Ronaldu mahalliy chempionatda to'p tepyapti. Messi ham Saudiya Arabistonida, ammo faqat dam olgani borganmish. 

Saudiya Arabistoni hukumati milliy chempionatning 4 nafar top-klubida bir nafardan jahon darajasidagi yulduz to'p tepishini istamoqda.

Manbalarning xabariga ko'ra, ular shu yo'l bilan ichki chempionat darajasini yanada ko'tarish va unga bo'lgan qiziqishni oshirishni niyat qilishgan. Bu loyihani hayotga tadbiq etish uchun "Manchester Siti"ning sobiq bosh direktori Garri Kuk yollangan.

"Al Nassr"da Krishtianu Ronaldu bor. "Al Hilol" yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanishi (va uzaytirilmasligi) kutilayotgan Lionel Messiga ko'z tikkan.

"Al Ahli" "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni, xorvat madridliklar bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirish niyatida bo'lsa ham, o'z tarkibida ko'rishni istaydi. "Al Ittixod" esa "qaymorqanglilar" forvardi Karim Benzemani "nishonga olgan". 

Eslatib o'tamiz, Karim jamoaning birinchi taklifini rad etib ulgurdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: