SportUz.Tv

APLda oyning eng yaxshi murabbiyi elon qilindi

13.05.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof qilindi.

Uning qo'l ostida jamoasi 7 o'yinning beshtasida g'alabaga erishdi. Eslatib o'tamiz, Emeri kelganida "Villa" xavfli zonada edi, ayni damda jamoa evrokuboklarga yo'llanma olish arafasida turibdi.

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Roy Xojson ("Kristal Pelas"), Eddi Xau ("Nyukasl") hamda Gari O`Nil ("Bornmut" kabi murabbiylar nomzodi ham bor edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: