
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasining muammolari haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, o'yinchilarda asosan o'ziga ishonch etishmayapti va ayni damda terma jamoada jamoani ortidan ergashtira oladiganlar ko'p emas. SHu bois ham terma jamoa o'yinlari qarshiliklarsiz o'tmoqda. Hozir optimist bo'lish qiyin", – dedi futbolchi.
Germaniya so'nggi 4 ta o'rtoqlik uchrashuvining 3 tasida mag'lub bo'ldi. Nemislar Belgiya (2:3), Polsha (0:1) va Kolumbiyaga (0:2) mag'lub bo'lishdi, Ukraina bilan durang o'ynashdi (3:3).
Kroos Bundestim tarkibida 2010 yildan 2021 yilgacha harakat qilgan.
Bogdan Guskov Ankalaevdan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Hech narsadan afsuslanmayman"
Ankalaev tanqidlarga munosabat bildirdi: "Jangning zerikarli o'tishi menga bog'liq emasdi"
Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi