
"Speciya" o'zbekistonlik hujumchini shu yilning 30 yanvarida mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgan edi. Forvardning bitimi kecha, aniqrog'i 30 iyunda o'z yakuniga etdi. Klub mavsum so'nggiga ko'ra B Seriyaga tushib ketdi.
SHomurodov Speciya klubi safida barcha musobaqalarda jami 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Klub hujumchini 2021 yilda "Jenoa"dan 18 mln evro evaziga xarid qilgan.
