SportUz.Tv

"Real" Mbappe uchun 200 mln evro to'lashi mumkin. Pul tayyor (Xosep Pedrerol)

06.07.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi PSJdan Kilian Mbappe transferi bo'yicha yirik taklif bilan chiqishga tayyor.

Jurnalist Xosep Pedrerol  El Chiringuito TV efirida "Real" hujumchi uchun 200 mln evro berishga tayyorligini aytdi.

"Real" prezidenti Florentino Peres va Mbappe 2024 yilning yozida bepul transfer bo'yicha kelishuvga erishgandi. Biroq Kilianning Parij klubiga yo'llagan maktubi va francuz klubining signallari hujumchining transferi bo'yicha muzokaralar yozda ham qizg'in tus olishiga sabab bo'ldi.

"Men faqat "Real"ning rejasini ochib bera olaman. Ular Kilian Mbappe PSJga shartnomani uzaytirmasligini yana aytguncha kutishadi. Ular PSJ bilan muzokara olib borishmaydi. Mbappening onasi shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagach, "Real" "najotkor" rolini o'z zimmasiga oladi.

Ayni paytda 200 million evro tayyor", – dedi Pedrerol.

AS gazetasi, 200 mln evro boshlang'ich narx ekanligini yozmoqda. Qayd etilishicha, Mbappe faqat "Real"ga o'tmoqchi va bu madridliklarga muzokaralarda yordam beradi. Transfer oynasi yopilishi bilan parijliklarning moliyaviy talablari kamayishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: