
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Aliqulov tez orada Turkiyaning "Rizespor" klubiga ko'chib o'tadi.
Malumot uchun, "Rizespor" klubi 1953 yilda tashkil topgan. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Ilhan Palut boshqarib bormoqda. Klub o'tgan mavsum Turkiya birinchi ligasida 2-o'rinni oldi va Superligaga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, yangi qoidalarga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilar Turkiyada legioner hisoblanmaydi.
Husniddin Aliqulov bu mavsum Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.

Nursulton Ro'ziboev ukasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Moskva shahriga etib bordi + VIDEO
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"