SportUz.Tv

"Barselona" Alonsoni La Ligada ro'yxatdan o'tkazdi

26.08.2023 16:23    


Rasmni yuklab olish

U "Vilyarreal" bilan o'ynay oladi.

"Barselona" Markos Alonsoni La Ligada ro'yxatdan o'tkazdi.

Himoyachi La Liga saytida "Barselona" tarkibiga kiritilgan. SHu tariqa, uning 2024 yilgacha hisoblangan yangi shartnomasi rasmiylashtirildi. Alonso ertaga La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda "Barselona" safida maydonga tushishi mumkin.

Kataloniya klubi darvozabon Inyaki Penya va himoyachi Inigo Martinesni ro'yxatdan o'tkazish uchun qoldi. Qolaversa, hali ham "Barsa"da yoshlar jamoasi futbolchisi sifatida qayd etilgan Aleks Baldening yangi bitimi ham ro'yxatdan o'tkazilmagan.

Oldinroq Markos kelishuvini rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklarga qaramay, "Barsa"ni tark etmoqchi emasligi haqida xabar berilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: