SportUz.Tv

Meksika darvozasini 3 bor ishg'ol qilgan terma jamoamizda jangovor durang!

13.09.2023 07:23    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi AQSHning Atlanta shahrida Meksika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Gollarga boy bo'lgan dramatik uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovor durang natija qayd etildi. Srechko Katanec shogirdlari o'z qitasi chempioni darvozasini uch bor ishg'ol qilishdi. Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg'unboev va Otabek SHukurov bir-biridan chiroyli gollarga mualliflik qilishdi.  

Meksika - O'zbekiston 3:3 (TUGADI)

AQSH, Atlanta, "Mersedes Benc" stadioni.

Gollar: Ximenez (21), - Bobir Abdixoliqov (18), Azizbek Turg'unboev (45+1), Raul Ximenes 80, 2:2, Otabek SHukurov 90+1, 3:3

Meksika: Ochoa, Alvarez, Vazkez, Sepulveda, Angulo, E.Alvarez, Rodrigez, Pineda, Xuerta, Alvarado, Ximenez.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 4.Farruh Sayfiev, 7.Otabek SHukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 19.Aziz Turg'unboev, 15.Umar Eshmurodov, 18.Abdulla Abdullaev, 17.Bobir Abdixoliqov (Oston O'runov, 70) 22.Dilshod Saitov (SHerzod Nasrullaev, 46) 23.Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Xesus Angulo (Meksika) 26, Husniddin Aliqulov (O'zbekiston) 38, Jilberto Sepulveda (Meksika) 54



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: