
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe, Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti" darvozasiga 3 ta gol urganidan so‘ng, Lionel Messining Yevropa musobaqalarida Xosep Gvardiola jamoalariga qarshi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatidagi natijasini takrorladi.
Opta Sport ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe Gvardiola jamoalariga qarshi Chempionlar Ligasida 7 ta gol urgan. Bu natijaga avval faqatgina Messi erishgan edi. Hozirda hech bir futbolchi Gvardiola jamoalariga qarshi ko‘proq gol urmagan.
26 yoshli Mbappe joriy mavsumda "Real" tarkibida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Paulo Kosta Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi va UFC`dan ozod etishini talab qildi
Getji deyarli uch oydan so'ng Oq uydagi turnirda Topuriyani qanday mag'lub etganini tushuntirdi