SportUz.Tv

Faoliyati davomida faqat bir klubda o‘ynagan eng yaxshi futbolchilar reytingi e’lon qilindi

07.04.2026 07:36    


Rasmni yuklab olish

Moskva «Dinamo»si va SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Lev Yashin faoliyati davomida faqat bitta jamoada o‘ynagan eng yaxshi futbolchilar reytingiga kiritildi. Ushbu ro‘yxat BBC tomonidan tuzilgan.

Afsonaviy sovet golkiperi reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Franchesko Totti («Roma») qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onadan Paolo Maldini («Milan») joy oldi. Uchlikni esa Rayan Giggz («Manchester Yunayted») yakunlab berdi.

Shuningdek, ro‘yxatdan Toni Adams («Arsenal»), Karles Puyol («Barselona»), Jeymi Karrager («Liverpul»), Mett Le Tissye («Sautgempton»), Juzeppe Bergomi («Inter») va Inyaki Uilyams («Atletik» Bilbao) ham o‘rin olgan.

1. Franchesko Totti («Roma», 1992–2017)
2. Paolo Maldini («Milan», 1984–2009)
3. Rayan Giggz («Manchester Yunayted», 1990–2014)
4. Toni Adams («Arsenal», 1983–2002)
5. Karles Puyol («Barselona», 1996–2014)
6. Jeymi Karrager («Liverpul», 1996–2013)
7. Mett Le Tissye («Sautgempton», 1986–2002)
8. Juzeppe Bergomi («Inter», 1979–1999)
9. Lev Yashin («Dinamo», 1950–1970)
10. Inyaki Uilyams («Atletik», 2014 yildan hozirgacha)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: