
UYEFA Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasining o‘tgan mavsumida klublar qancha daromad olgani haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Eng ko‘p daromad "PSJ" hisobiga to‘g‘ri keldi – 126,806 million yevro. Bu borada ikkinchi pog‘onani «Bavariya» egalladi — 125, 468 mln. yevro. «Barselona» esa kuchli uchlikka kirdi — 100,251 mln. yevro.
Shuningdek, kuchli beshlikka «Manchester Siti» (94,748 mln) va «Atletiko» (91,454 mln) kirishdi.
Chempionlar ligasining sovrin jamg‘armasi 1 milliard 646 mln yevroga teng bo‘lgan bo‘lsa, Yevropa ligasiniki 478 mln yevroni tashkil qildi.
"Keyingi safar o'zim kabi bo'laman". Dvalishvili Yanga qarshi revanshdagi xatosini aytdi
Iliya Topuriya nega ijtimoiy tarmoqlarda MMA rekordini o'zgartirib ko'rsatishini tushuntirdi