
"Rafiqam bugun yana bir lotinamerikalikni dunyoga keltirdi. Entoni, o'g'lim, o'ylaymanki, sen ham kun kelib mening ishimni davom ettirasan. Eng yaxshi ota bo'lishga vada beraman. Har doim menga suyanishing mumkinligini unutma", — deya o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, Toni yaqinda Xyuston (AQSH) shahrida o'tkazilgan UFC 262 turnirida Beneil Dariushga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu uning qatorasiga uchinchi mag'lubiyati edi. Fergyusonning hozircha so'nggi g'alabasi 2019 yilning iyun oyiga to'g'ri keladi. O'shanda u Donald Serroneni nokautga uchratgandi.

Dana Uayt SHon Striklendning boksda o'zini sinab ko'rish istagiga munosabat bildirdi
"Faqat raundlar". Bivol o'zbekistonlik bokschilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda (FOTO)