
Intervyu davomida Jalolovga dastlab pound-for-pound bo'yicha o'zining eng yaxshi uch bokschisini sanab o'tish taklif qilindi.
— Pound-for-pound bo'yicha o'zingizning eng yaxshi uch bokschingiz kim?
«Vladimir Klichko, Terens Krouford, Dmitriy Bivol».
SHundan so'ng bokschidan eski avlod vakillari orasidan o'zining eng yaxshi uchligini tanlash so'raldi.
— O'tmishdagi, eski maktab bokschilaridan eng yaxshi uchligingiz kim?
«Birinchi o'rinda — Muhammad Ali. Ikkinchi — Roy Jons. Uchinchi — Lennoks Lyuis».
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov 17 oktyabr kuni Londondagi O2 arenasida Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 oqshomi doirasida britaniyalik Solomon Dakresga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
UFC 333 turnirining to'liq kardi: Volkanovski – Evloev, Yan – Dvalishvili, Temirov – Kavana