
Xorvatiyalik bokschi DAZN’ga bergan intervyusida Dyubuaga qarshi qanday taktika qo'llashini ham aytib o'tdi.
"Itauma bilan jangdan keyin Daniel bilan bahs menga sekinlashtirilgan tasvirdek tuyuladi, deb o'ylayman. Uning jebidan himoyalanaman, uni ortga chekinishga majbur qilaman va oldinga yurishiga yo'l qo'ymayman. Jeb bilan nazorat qilaman, boshimni harakatlantiraman va zarbalarini to'saman. Keyingi jangda uni yo'q qilaman, deb o'ylayman", — dedi Xrgovich.
18 oktyabr kuni Londonda Daniel Dyubua Fabio Uordlini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
UFC 333 turnirining to'liq kardi: Volkanovski – Evloev, Yan – Dvalishvili, Temirov – Kavana