SportUz.Tv
iks
ads

UFC 333 turnirining to'liq kardi: Volkanovski – Evloev, Yan – Dvalishvili, Temirov – Kavana

23.10.2026 10:12    


Rasmni yuklab olish

Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'zbekistonlik aralash jang ixlosmandlari kutgan raqamlangan UFC 333 turniri bo'lib o'tadi.


Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda avstraliyalik amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski rossiyalik davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Turnirning co-main event jangi ham chempionlik maqomida bo'ladi. O'ta engil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Pyotr Yan ushbu kamarning sobiq sohibi Merab Dvalishvilidan o'z kamarini himoya qiladi. Bu trilogiya jangi bo'lib, hisob hozircha 1:1 ko'rinishida bo'lib turibdi. 2023 yilning mart oyida Dvalishvili, 2025 yilning dekabrida esa Yan revanshda g'alaba qozongan edi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning ahamiyati jihatidan uchinchi muhim jangida hamyurtimiz Ramazon Temirov angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi. SHuningdek, turnir kardidan Aleksandr Volkov - Rizvan Kuniev jangi ham o'rin olgan bo'lib, rossiyalik og'ir vaznlilar o'rtasidagi ushbu to'qnashuv ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda. 

Oqshomning prelim kardidan Azamat Murzakanov, Nikita Krilov, Abusupyan Magomedov, Abdul-Raxman Yahyoev, Nurullo Aliev, Asaf CHopurov, Abubakar Vagaev ishtirokidagi janglar joy olgan. 


UFC 333 turnirining to'liq kardi:

Yarim engil vazn: Aleksandr Volkanovski (chempion) – Movsar Evloev (# 1)

O'ta engil vazn: Pyotr Yan (chempion) – Merab Dvalishvili (# 1)

Eng engil vazn: Lone Kavana (# 6) – Ramazan Temirov (# 10)

Og'ir vazn: Aleksandr Volkov (# 2) – Rizvan Kuniev (# 7)

Yarim engil vazn: Aaron Piko (# 11) – Losen Keyta

Yarim og'ir vazn: Azamat Murzakanov (# 7) – Dominik Reyes (# 8)

Yarim og'ir vazn: Nikita Krilov (# 15) – Abdul-Raxman Yahyoev

O'rta vazn: Abusupyan Magomedov (# 12) – Kemeron Rouston

Engil vazn toifasi: Grant Douson – Nurullo Aliev

O'ta engil vazn: Kolbi Tikness – Asaf CHopurov

O'rta vazn: Abubakar Vagaev – Jeykob Malkun

Yarim engil vazn: Bolaji Oki – Daniel Santos

Engil vazn: Kodi Stil – Noa Gyunon

Ayollar minimal vazn: Yasmin Lusindo – Nikol Kalyari


Turnir 24 oktyabr kuni bizning vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglarining starti 22:00 ga mo'ljallangan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: