SportUz.Tv

"To'lqin Qilichev bo'lganida ham bu tushunarli bo'lardi". Qozog'istonda boks terma jamoasida murabbiy almashganiga munosabat bildirishdi

12.01.2026 17:09    


Rasmni yuklab olish

Kendala TV kanali jurnalisti Erzat Sergazin Qozog'iston boks terma jamoasida murabbiy o'zgarganiga munosabat bildira turib, To'lqin Qilichevni ham eslab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Qozog'iston erkaklar boks terma jamoasida Qayrat Satjanov o'rniga Nurjan Nasanov bosh murabbiy etib tayinlangandi. 

"Agar Qayrat Satjanov o'rniga To'lqin Qilichev kelsa, bu tushunarli bo'lar edi. O'zbekiston — jahon boksida grand: Olimpiya o'yinlarida beshta oltin medal, jahon chempionatida oltita oltin medal… Bunday holatda qo'shimcha izoh berishga hojat ham qolmasdi: hozirgi kunda dunyodagi eng yaxshi murabbiy — To'lqin Qilichev — Qozog'iston terma jamoasini boshqardi. SHaroit yaratib berishardi… Lekin hozir kimni qo'yishyapti? Yoshlar jamoasida ham ish tajribasi yo'q inson — shunchaki shaxsiy murabbiy", — dedi Sergazin.

Eslatib o'tamiz, To'lqin Qilichev 2022 yildan beri O'zbekiston erkaklar boks terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: