SportUz.Tv

Mayk Tayson: "Men o'zimdan shu qadar nafratlanardimki, hatto o'lgim kelardi"

07.02.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

Boks afsonasi Mayk Tayson AQSH hukumatining sog'lom ovqatlanish akciyasida ishtirok etdi.

Sog'liqni saqlash vaziri kichik Robert Kennedi boshchiligidagi Real Food kompaniyasi uchun suratga olingan yangi rolikda 59 yoshli Tayson semizlik bilan kurashish bo'yicha shaxsiy tajribasi haqida gapirdi.

"Singlimning ismi Deniz edi. U 25 yoshida ortiqcha vazndan vafot etdi. Uning yurak xuruji bor edi. Men ham juda semiz edim, duch kelgan narsani erdim. Og'irligim taxminan 157 kg bo'lgan. Har soatda bir pachkadan muzqaymoq erdim. O'zimdan shu qadar nafratlanardimki, o'lgim kelardi.

Biz dunyodagi eng qudratli davlatmiz va bizda eng ko'p semiz odamlar bor. Mamlakatdagi ovqatlanishimiz bilan nimadir qilish kerak", - dedi Tayson X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida elon qilingan videoda.

U rolikka yozgan postida "Hayotimdagi eng muhim jang - ringda emas. Men kamar uchun emas, sog'lig'imiz uchun kurashyapman. Qayta ishlangan mahsulotlar bizni o'ldiradi. Bizga yolg'on gapirishdi. Biz haqiqiy taomni eyishimiz kerak"

Real Food kompaniyasi qayta ishlangan mahsulotlar va shakar istemoliga qarshi qaratilgan. Uning doirasida o'tgan oyda AQSH uchun yangi dietologik tavsiyalar taqdim etildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: