SportUz.Tv

Jeyk Pol yangi ayollar boks ligasini yo'lga qo'ymoqda

07.03.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

Bloger-bokschi Jeyk Polga tegishli Most Valuable Promotions (MVP) promouterlik kompaniyasi ayollar boksi uchun yangi platforma - MVPW ishga tushirilganini elon qildi.

Tashkilot ESPN bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi, uning doirasida dastlabki uchta turnir 2026 yil aprel va may oylarida bo'lib o'tadi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

"MVP promoushenini ishga tushirganimizdan beri biz dunyoning eng yaxshi jangchilari ishtirokida ayollar boksining global manzilini tashkil qilishga strategik etibor qaratdik. Bugun biz yangi davrga g'urur bilan qadam qo'ymoqdamiz", - deydi MVP hammuassislari Nakisa Bidarian va Jeyk Pol.

Birinchi MVPW-01 tadbiri 5 aprel kuni Londondagi Olympia Events’da bo'lib o'tadi. Bu ilgari elon qilingan promoushenning Buyuk Britaniyadagi debyuti bo'ladi. Kechaning asosiy jangi engil vazn toifasida (61 kg gacha) WBC chempioni britaniyalik Kerolayn Dyubua va WBO kamari sohibasi Terri Xarper o'rtasida bo'lib o'tadi. SHuningdek, kardda ikkinchi eng engil vazn toifasida (55 kg gacha) mutlaq chempionlik unvoni uchun bahs bo'lib o'tadi. Unda WBO, IBF va WBC kamarlari sohibasi britaniyalik Elli Skotni hamda meksikalik WBA chempioni Mayeli Flores to'qnash keladi. SHantel Kemeron esa birinchi o'rta vaznda vakant bo'lib turgan WBO kamari uchun Mixaela Kotaskovaga qarshi ringga ko'tariladi.

MVPW va ESPN o'rtasidagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan. Ushbu promoushen yarim engil vaznda mutlaq jahon chempioni Amanda Serrano, WBC chempioni Tiara Braun, Ebani Bridjes va boshqa ayol yulduz bokschilar bilan shartnoma imzolagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: