
"Bu hech kim hech qachon hech narsa eshitmagan jangchiga qarshi ko'ngilli himoya. Buning ustiga kikbokschiga qarshi jang. Kikbokschilar boksga qanday o'tganidan xabarim yo'q, lekin o'tmishda ularning muvaffaqiyat qozongan holatlari ko'p bo'lganiga shubham bor. Bu mening fikrim. Usik o'tish jangini xohladi va uni qo'lga kiritdi.
Katta ehtimol bilan, Agit Kabael bu voqeadan xursand bo'lmaydi. U uzoq vaqtdan beri WBC tomonidan majburiy davogar maqomida bo'lib turibdi. Bundan tashqari, u soxta davogar emas, balki haqiqatan ham sinovdan o'tgan bokschi. Anchadan beri o'z imkoniyatini kutayotgan davogar. Endi esa yana uzoqroq kutishiga to'g'ri keladi. Bu esa sport uchun yomon", - dedi Boks shon-shuhrat zali azosi Froch o'z podkastida.
Eslatib o'tamiz, Usik - Verxoven jangi 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadi. Riko muvaffaqiyatli kikbokschi sifatida butun dunyoga tanilgan. 33 yoshli germaniyalik Agit Kabael esa superog'ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempioni hisoblanadi.
