
"Ramires ustidan g'alaba qozonganimdan so'ng, men boksimizning eng yaxshi yigitlarini ovlayman. Masalan, Bivol, chunki u yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamarlariga ega. Yana bir maxluq bor - Artur Beterbiev, yana Jey Opetayya va albatta, Kanelo. Faoliyatimni yakunlaganimda hech kim meni eng yaxshi emas deb ayta olmaydi", - deya Benavidesning so'zlarini keltiradi Boxing Social.
Eslatib o'tamiz, Devid 2 may kuni Las-Vegasda birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO chempioni Xilberto Ramiresga qarshi jang o'tkazadi. 29 yoshli Benavidesning hisobida 31 ta g'alaba (25 ta muddatidan oldin) bor. Mag'lubiyat va durangi yo'q.
