SportUz.Tv

Arman Carukyan Topuriya-Getji jangi anonsi haqida: "Ular vaqtimni behuda o'g'irlashyapti"

08.03.2026 17:48    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan ushbu vazn chempioni Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o'rtasida elon qilingan jang haqida fikr bildirdi.

Bu jang 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi. Ushbu tadbirning uzoq kutilgan kardi Carukyan ishtirokida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 326 turniri doirasida elon qilindi.

"Iliya va Getji - yaxshi jang, ammo Jastinda imkoniyat yo'q. Iliyaning boksi yaxshi va o'ylashimcha, u raqibini nokautga uchratadi", - dedi Carukyan UFC’ga bergan intervyusida.

"SHunchaki vaqtlarini ketkazishyapti. Bilasizmi, mening vaqtimni ketkazishyapti. Ular meni Iliyaga qarshi qo'yishlari kerak edi. Men undan kamarni tortib olgan bo'lardim, bu men uchun engil sayr bo'lardi", - deya qo'shimcha qildi Arman.

Topuriya o'tgan yilning yozida kamarni qo'lga kiritgan, ammo oilaviy sabab tanaffus qilishga majbur bo'lgandi. Yanvar oyida amerikalik Getji Peddi Pimblettni mag'lub etib, faoliyatida ikkinchi marta engil vazn toifasida vaqtinchalik chempion bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: