
U amerikalik Xesus Ramos (24-1, 19 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 19 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati, San-Diego shahridagi Pechanga Arena majmuasida bo'lib o'tadi. Unda Ramosga tegishli bo'lgan WBC yo'nalishi bo'yicha o'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik jahon chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.
Meyirim Nursultanov — Xesus Ramos jangi boks oqshomining markaziy jangidan oldingi asosiy to'qnashuv (co-main event) maqomida o'tkaziladi. Turnir Premier Boxing Champions promouterlik kompaniyasi tomonidan rasman elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, Meyirim Nursultanov so'nggi jangini 2023 yilda Toshkentda o'tkazgan edi. O'shanda u chililik Xulio Alamosni (16-3, 9 KO) mag'lub etgan.

UFC 330 turniri ishtirokchilari janglardan qancha gonorar ishlab olishgani malum bo'ldi