
"U juda uzoq safarda bo'ldi, og'ir jang o'tkazdi, shuning uchun uyiga qaytdi. Ammo u uydan turib ham menga yozyapti, qo'ng'iroq qilmoqda, ahvolimni so'rayapti. Men uning qo'llab-quvvatlashini his qilyapman. Bazida hamma narsadan shunchalik charchaysanki, shunchaki tanaffus olib, dam olishing kerak bo'ladi", — dedi rossiyalik jangchi SHanxaydagi matbuot anjumanida.
Islam Maxachev 16 avgust tongida irlandiyalik Yen Machado Gerrini mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Uch kun avval Islam Dog'istonga qaytdi. Umar Nurmagomedov esa 29 avgust kuni SHanxayda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 286 turnirining markaziy jangida xitoylik Song Yadong bilan to'qnash keladi.

Tayson Fyuri: "Ilk sparringimdayoq otamning uchta qovurg'asini sindirib qo'yganman"