SportUz.Tv

Merab Dvalishvili: "Men uchun eng muhimi - Yanni mag'lub etish, kamar esa ikkinchi darajali"

27.08.2026 14:48    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili o'tgan yilning dekabr oyida Pyotr Yandan uchralgan mag'lubiyati uchun revansh olishga tayyor.

"Men allaqachon kamar uchun bo'lgan janglarda to'rt marta g'alaba qozonganman. Hozirgi eng muhim narsa — Yanni mag'lub etish, kamar esa ikkinchi o'rindagi narsa. Kamar g'alaba bilan birga keladi. Menga bu jang yoqadi.

Pyotr — diviziondagi eng xavfli raqib. Qachonki oldimda og'ir jang tursa, men unga juda yaxshi tayyorgarlik ko'raman. O'tgan safar mashg'ulotlarda o'zimni juda qiynab yuborgandim, hozir esa og'ir, lekin aqlli ishlayapman, ko'proq dam olyapman", — dedi Dvalishvili Ariel Xelvani bilan bo'lgan intervyuda.

Eslatib o'tamiz, Merab va Pyotr o'rtasidagi o'zaro janglar hisobi hozircha teng - 1:1.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: