SportUz.Tv

Madrimovning vaznidagi Sebastyan Fundoraga majbriy chempionlik himoyasi belgilandi

27.08.2026 13:42    


Rasmni yuklab olish

Birinchi o'rta vazn toifasida WVC yo'nalishi chempioni Sebastyan Fundoraning navbatdagi jang tafsilotlari malum bo'ldi.

Amerikalik bo'ydor chempion 17 oktyabr kuni Kaliforniyada majburiy davogar Ermal Xadribey (23-0-1, 8 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Premier Boxing Champions kompaniyasi elon qildi. 28 yoshli Fundora o'z chempionlik unvonini oxirgi marta joriy yilning mart oyida sobiq jahon chempioni Kit Turmanni mag'lub etib, himoya qilgan edi.

32 yoshli alban bokschisi Ermal Xadribey shu yilning may oyida o'tkazilgan saralash jangida Bakari Samakeni mag'lub etib, majburiy davogarga aylangandi. Agar Fundora g'alaba qozonsa, u WVA va WVO chempioni Jaron Ennisga qarshi birlashtiruvchi jang bo'yicha muzokaralarni boshlashi mumkin. Hozirda har ikki chempionning promouterlari DAZN striming xizmati bilan hamkorlik qilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: