SportUz.Tv

"Nurmagomedovni mag'lub etsam, UFC menga chempionlik jangi beradi" - Song Yadong

27.08.2026 16:42    


Rasmni yuklab olish

UFCning jangchisi, xitoylik Song Yadong rossiyalik Umar Nurmagomedov bilan jangda g'alaba qozonsa, chempionlik kamari uchun davogarga aylanishiga ishonch bildirdi.

Jang 29 avgust kuni Xitoyning SHanxay shahridagi UFC Fight Night 286 turnirida bo'lib o'tadi.

"Hamma Umar eng yaxshi jangchi ekanini biladi. Agar uni mag'lub etsam, UFC menga albatta chempionlik jangi beradi. O'zimga ishonaman va bu jangda g'alaba qozonishim mumkinligiga ishonaman.

Hozir men uchun eng qulay vaqt. Ko'plab kuchli jangchilarga qarshi jang qildim va katta tajriba orttirdim. Bu jangga har tomonlama tayyorman. Mashg'ulot yig'inim ham juda yaxshi o'tdi: uni Team Alpha Male jamoasida boshladim, undan oldin esa Gruziyada qariyb ikki hafta davomida kurash bo'yicha tayyorgarlik ko'rdim", — dedi Yadong.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: