SportUz.Tv

Dana White's Contender Series 4-hafta natijalari: besh nafar jangchi UFC bilan shartnoma imzoladi

03.09.2026 09:30    


Rasmni yuklab olish

Las-Vegasda bo'lib o'tgan Dana White's Contender Series saralash shousining o'ninchi mavsumi to'rtinchi bosqichi yakunlariga ko'ra, dunyoning eng kuchli ligasi ro'yxati besh nafar yangi jangchi bilan to'ldi.

UFC bilan shartnoma imzolaganlar: o'z raqiblarini nokautga uchratgan irlandiyalik yarim o'rta vazn vakili Adam Darbi, braziliyalik o'rta vazn vakili Modestino Rodriges, meksikalik engil vazn vakili Silvestr Sanches va braziliyalik og'ir vazn vakili Gabriel Lourenso, shuningdek, shouning ilk jangida hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan amerikalik engil vazn vakili Adam Livingston.


Turnirning barcha natijalari:

Adam Darbi Patrik Riverani texnik nokaut bilan mag'lub etdi (shifokor to'xtatishi) – 3-raund, 2:42

Modestino Rodriges Brendon Xolmsni texnik nokaut bilan mag'lub etdi (zarbalar) – 1-raund, 0:15

Silvestr Sanches Liam MakKrakenni texnik nokaut bilan mag'lub etdi (zarbalar) – 3-raund, 2:44

Gabriel Lourenso CHarli Klivlendni nokautga uchratdi (tirsak bilan zarba va yakunlovchi zarbalar) – 1-raund, 2:02

Adam Livingston Xanter Smitni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (28-29, 29-28, 29-28)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: