
"Street Fighter" ("Ko'cha jangchisi") filmida suratga tushish uchun maxsus yangi turmak qildirgan Volkanovski o'zining yangilangan uslubini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, rasmga shunday izoh yozdi: "Kalta kesilgan "Bo'ri" sariq sochli bo'riga qarshi. Kimni tanlaysiz?"
Volkanovskining posti ostidagi izohlarda Maxachev o'zining internet-memga aylangan "Uni 2-3 yilga Dog'istonga yuborish va unutish kerak" degan iborasiga ishora qilib, "2-3" deb yozdi. Avstraliyalik sportchi Islamning izohiga layk bosdi.
