SportUz.Tv
iks
ads

Xorxe Masvidal UFC’ga qaytish bo'yicha muzokara olib bormoqda

12.10.2026 22:36    


Rasmni yuklab olish

CHempionlik kamari uchun ikki bor davogarlik qilgan amerikalik Xorxe Masvidal tashkilot rahbariyati bilan qaytish masalasida muzokara olib borayotganini malum qildi.

41 yoshli jangchining aytishicha, UFC bilan aloqalar yaxshi kechyapti va uning qaytishi bo'yicha yangiliklar kutilganidan ertaroq paydo bo'lishi mumkin.

"UFC bilan gaplashdim, hammasi yaxshi. Yangiliklarni kuzatib boring, ehtimol biror narsani siz kutganingizdan oldinroq eshitarsiz. Hali ham mashq qilyapman va yigitlar bilan raqobatlasha olishimni his qilyapman. "50 yoshga kirganimda nima bo'lishi mumkin edi?" deb o'ylashni istamayman, chunki hozir o'zimni yaxshi his qilyapman", deydi Masvidal.

Xorxe Masvidal 2013–2023 yillarda UFC’da jang qilgan. Tashkilotdagi faoliyati davomida u 12 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: