SportUz.Tv
iks
ads

Saken Bibosinov og'ir jarohat sabab shifoxonaga yotqizildi

12.10.2026 18:12    


Rasmni yuklab olish

Qozog'iston terma jamoasi etakchisi, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Saken Bibosinov mashg'ulot vaqtida og'ir jarohat oldi.

Bu haqda Sports.kz nashri jurnalist Aslan Kajenovga tayanib xabar berdi.

Malum qilinishicha, bokschining umurtqa pog'onasi shikastlangan va u shifoxonaga yotqizilgan.

"29 oktyabr kuni Tarazda Qozog'iston chempionati boshlanadi. Unda Saken Bibosinovni ko'rmaymiz. Afsuski, u kecha mashg'ulot vaqtida og'ir jarohat oldi va shifoxonaga tushdi. Umurtqa pog'onasi shikastlangan. Unga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz", deydi jurnalist.

Bibosinov Qozog'iston terma jamoasining etakchi bokschilaridan biri hisoblanadi. Havaskor boksdagi so'nggi yirik natijasi 2025 yil dekabr oyida IBA jahon chempionatida qayd etilgan. U finalda rossiyalik Vyacheslav Rogozinni mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: