
Uning raqibi WBC yo'nalishi bo'yicha ikkinchi o'rta vazn toifasidagi chempion Kristian Mbilli bo'ladi. Yaqinda Al ash-SHayx ushbu boks oqshomining ko'lamli anderkatini (asosiy jang oldidan bo'ladigan janglar) elon qilgandi.
“Kanelo men bilan bog'lanib, nima bo'lishidan qati nazar, Ar-Riyodda jang qilishini aytdi. U hech narsadan qo'rqmaydi, — deb yozdi Al ash-SHayx ijtimoiy tarmoqlarda. — Mening vatanim — ikki muqaddas masjid uyi, tinchlik, xotirjamlik, boy civilizaciya, chuqur tarix va bag'rikeng insonlar zaminidir... Munosabat bildirgan va qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Og'ir damlar haqiqiy do'stlarni yuzaga chiqaradi”.
Ushbu jangning 31 oktyabrga ko'chirilgani ancha oldin malum bo'lgan edi, biroq bu yaqindagina rasman tasdiqlandi. Saudiya Arabistoni va husiylar o'rtasida davom etayotgan mojarolar sababli ushbu shou bekor qilinishi yoki boshqa mamlakatga ko'chirilishi mumkinligi haqidagi shubhalarni hatto ushbu rasmiy elon ham yo'qqa chiqarmadi.
Yaqinda husiylar Ar-Riyod xalqaro aeroportiga qilingan hujum uchun javobgar ekanini o'z zimmalariga olishdi, bu esa uning yopilishiga, reyslarning bekor qilinishiga va sayyohlarga Saudiya Arabistoniga safar qilishdan tiyilish bo'yicha tavsiyalar berilishiga olib keldi.
