
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi har qanday vaziyatlar rivojiga tayyor turishga harakat qilmoqda.
"Katta ehtimol bilan, men boshqa jang o'tkazmayman, — deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlisning savoliga javob berar ekan. — Lekin men hali ham muntazam ravishda doping testidan o'tib turibman. Eshiklarni ochiq tutyapman, chunki kelajakda nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi".
Takidlash joizki, UFC qoidalariga ko'ra, jangchi o'z faoliyatini yakunlaganini elon qilganida, doping-test nazoratidan chiqarib yuboriladi. Agar u keyinchalik qaytishga qaror qilsa, oktagonga faqat olti oydan keyingina chiqishi mumkin. SHu vaqt ichida u oldindan ogohlantirilmasdan kamida ikki marta doping tekshiruvidan o'tishi shart.
Jons 2025 yilning yozida doping-testga qaytdi va o'shandan beri to'rt marta tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi. SHu bois, u hozirda majburiy kutish davrisiz istalgan vaqtda jang o'tkazish huquqiga ega.
