SportUz.Tv
iks
ads

Bivol o'zi uchun eng muhim uch raqibni aytdi

12.10.2026 11:12    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida WBO, WBA, IBF va The Ring chempionlik kamarlari egasi Dmitriy Bivol yil yakunida WBO yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar, britaniyalik Kallum Smitga qarshi himoya jangini o'tkazadi.

Rossiyalik chempion ana shu jangidan keyin ringni bo'lishishni istaydigan uch nafar raqibni malum qildi.

"Men hozirgi paytda o'zim uchun qaysi janglarni muhim deb hisoblashimni ayta olaman va o'ylaymanki, odamlar ham bunga qo'shilishadi. Bular — Artur Beterbiev, Saul "Kanelo" Alvares va Devid Benavides. Ular mening ishtirokimda tashkil etish mumkin bo'lgan uchta eng yirik jang. Agar buni amalga oshira olsak, juda zo'r bo'lar edi. O'ylaymanki, faqat shu raqiblargina biz katta jang o'tkazishimiz mumkin bo'lganlardir", – dedi rossiyalik bokschi The Ring nashriga bergan intervyusida.

Dmitriy Bivol va Kallum Smit o'rtasidagi jang 12 dekabr kuni Ekaterinburgdagi RCC Boxing turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bivolning menejeri Vadim Kornilov esa avvalroq uning mijozi Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangi allaqachon 2027 yilning bahoriga rejalashtirilayotganini malum qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: